Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xudodan qo‘rqinglar» — YPX inspektorlari insofga chaqirildi

«Xudodan qo‘rqinglar» — YPX inspektorlari insofga chaqirildi

Foto: «Xabar.uz»

Surxondaryo viloyat IIB YHXB axborot xizmati rahbari Elnur Abrayev viloyatda faoliyat yurituvchi YPX inspektorlariga murojaat qildi.

«Aylanma yo‘lda xizmat qilyapsiz, u yerda 2.4 yo‘l belgisi (yo‘l bering) qo‘yilgan. U yerda 2.5. (to‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan) yoki 2.6. (ro‘para harakatlanishning ustunligi) belgisi yo‘q. Aylanma yo‘lda bu yo‘lga kirgan transport vositasiga yo‘l berilishi kerak. Yo‘l bersin, degani bu to‘xtasin, degani emas. Haydovchi bu yo‘lda boshqa bir mashinaga xalal bermagan holda bir xil harakatlanib borishi mumkin. Uning yo‘nalishi o‘zgarishi yoki keskin to‘xtashiga majbur qilmayaptimi, biz unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirolmaymiz. Tepada Xudo turibdi, qo‘rqinglar», — deydi Elnur Abrayev o‘z murojaatida.

«Sizlardan hozir protokol so‘ralayotgani yo‘q. Mana shuncha protokol tuzasan deyilayotgani yo‘q. Aylanma yo‘lda turib olib, sal narida svetofor ishlamay, haydovchi va piyodalarning tartibsiz harakati yuzaga kelgan paytda, Siz aylanma yo‘lda turib olib, kelgan mashina haydovchisiga tuhmat qilib, protokol tuzishni bas qiling», — qo‘shimcha qiladi u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring