Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy hukumati odamlarga mashina sotib olish uchun pul berishni boshladi

Xitoy hukumati odamlarga mashina sotib olish uchun pul berishni boshladi

Foto: «RIA Novosti»

Xitoy hukumati hozir og‘ir kunlarni boshdan o‘tkazayotgan milliy avtomobilsozlik sohasini qo‘llab quvvatlashning oqilona yo‘lini topdi. CNN yozishicha, mamlakat fuqarolariga yangi mashina sotib olish uchun $1,4 minggacha subsidiyalar berilmoqda.

Koronavirus pandemiyasi sababli 2020-yilning ilk choragida Xitoyda avtomobillar savdosi 2019-yildagiga solishtirganda 42 foizga pasayib ketdi, deyiladi Xitoy avtomobilsozlar uyushmasi xabarida.

Eng yomon ko‘rsatkich fevral oyiga to‘g‘ri keldi, sotuv hajmi 79 foizga pastladi: 1,4 mlrd. aholiga ega mamlakatda atigi 310 ming dona avtomobil sotildi.

Mart oyida pasayish 43 foizga tenglashdi.

Avtomobilsozlik — Xitoy iqtisodiyotining asosiy ustunlaridan biri. 40 milliondan ortiq insonning hayoti va faoliyati bevosita shu sohaga bog‘langan: avtomobil ishlab chiqaruvchilar yiliga Xitoy iqtisodiyotiga $1 trillion tushiradi, bu jami ishlab chiqarishning qariyb 10 foizi demakdir.

Jahon avtobozorida ham Xitoyning o‘rni katta. Masalan, «Volkswagen» hamda «General Motors» mashinalarining 40 foizini xitoyliklar sotib olishadi.

Chin yurtida avtomobilsozlik sohasi qaddini rostlayotgan ko‘rinadi, ammo inqirozdan oldingi tezlikka chiqishiga hali bor. Negaki, koronavirus epidemiyasi boshlanmasidan avvalroq Xitoyda yangi avtomobillarga talab pasaya boshlagan, 2019-yildayoq savdoda kamomad 8 foizni tashkil etgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring