Xalqaro M-34 yo‘lidagi ko‘prik ta’mirtalab holga keldi. Yuk mashinalari uchun boshqa yo‘l ochildi
Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatdagi M-34 «Toshkent-Dushanbe» avtomobil yo‘lining 90-kilometri, «Sho‘ro‘zak» kollektori ustida joylashgan temir-beton ko‘prikning yuk ko‘tarish qobiliyati pasayib, ta’mirtalab holga kelib qolgani uchun Sirdaryo viloyatiga kiruvchi va chiquvchi yuk avtotransport vositalarining ushbu ko‘prik orqali harakati vaqtincha taqiqlandi.
«Toshkent-Jizzax» yo‘nalishi bo‘yicha vaqtincha viloyat hududiga kirib kelayotgan yuk tashuvchi avtotransport vositalarining qatnovi xalqaro ahamiyatdagi M-34 «Toshkent-Dushanbe» avtomobil yo‘lining 70-83 kilometri, mahalliy ahamiyatdagi 4K-643 «Sirdaryo sh-Malik q-Baxt sh» avtomobil yo‘lining 0-5 kilometri, 4K-642 «Sindorobod q-Safar ota q-Malik q-Baxt sh» avtomobil yo‘lining 9-17 kilometri hamda M-34 «Toshkent-Dushanbe» avtomobil yo‘lining 94-104 kilometri orqali, shuningdek, «Jizzax-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha A-373 «M-39 avtoyo‘li-Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali-O‘sh» avtomobil yo‘lining 38-56 kilometri, davlat ahamiyatidagi 4R-25 «A-373 avtoyo‘li-Sayhun q-Baxt sh-Qozog‘iston Respublikasi chegarasi» avtomobil yo‘lining 24-33 kilometri, mahalliy ahamiyatdagi 4K-657a «Sayhunobod TYXPDFKga» avtomobil yo‘lining 0-1 kilometri, 4K-657a «Sirdaryo DFXUga» avtomobil yo‘lining 0-10 kilometri uchun davlat ahamiyatidagi 4R-26 «Sirdaryo sh-Dehqonobod q-Qiyot q-Bekobod sh» avtomobil yo‘lining 8-18 kilometri hamda 4R-26a «M-39 avtoyo‘liga (871 km) shaxobcha» avtomobil yo‘lining 0-12 kilometrlari orqali harakat tashkil etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter