«Volkswagen» 24 milliard dollarlik shartnoma imzoladi
«Volkswagen» kompaniyasi Yevropa va Xitoydagi loyihalari uchun akkumulyator batareyalari va unga bog‘liq texnologiyalarni yetkazib berish bilan shug‘ullanadigan hamkorlari bilan 24,7 milliard dollarlik shartnoma imzoladi.
Bunday e’tiborga kompaniyaning dizel dvigatellari bilan bog‘liq mojaro bilan birga Xitoy hukumati tomonidan elektromobillarga berilayotgan imtiyozlar sabab bo‘ldi, deb xabar beradi «NV.ua».
«Volkswagen» vakillarining ma’lum qilishicha, kompaniya 2022-yilga qadar butun dunyodagi zavodlarining 16 tasida elektrokar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Kompaniya 2025-yilga qadar 80 turdagi, 2030-yilgacha esa 300 ta turdagi yangi modeldagi elektrokarlarni taqdim etadi.
Shunga qaramay «Volkswagen» o‘z modellari qatorini sezilarli darajada o‘zgartirayotgan bo‘lsa-da, yangi modellarni ishlab chiqarishga ketadigan mablag‘larni 6,7 foizdan (2017-yil bo‘yicha) 6 foizga (2020-yilga qadar) tushirishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, avtomobil konserni mustaqil ravishda elektrobatareyalarni ishlab chiqarishni ham yo‘lga qo‘ymoqda. Hozirgi kunda nemis avtomobil ishlab chiqaruvchilari Osiyodan keladigan elektrodvigatellardan foydalanadi. Shunday bo‘lsa-da, konsern ichki yonuv dvigatelida harakatlanadigan avtomobillardan butunlay voz kechmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter