Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UZB seriyali raqam taqqan mashina jarima «ishlab oldi»

UZB seriyali raqam taqqan mashina jarima «ishlab oldi»

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda «UZB harfli avtomashina qoidani buzdi. Unga ham chora ko‘rilarmikan?» sarlavhali video tarqaldi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabar berishicha, ushbu videolavha o‘rganilgan. Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 6 dekabr kuni soat 13:11larda, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Xurshid ko‘chasida «TAYOTA LAND CRUISER» rusumli, 01 025 UZB davlat raqam belgili transport vositasi yo‘lning qarama-qarshi bo‘lagida harakatlanganligi atrofdagi fuqarolardan birining transport vositasi videoregistratorida qayd etilgan.

Fuqaro qoidabuzarlik videosini «eJarima» saytiga yuborgan. Saytga kelib tushgan video Toshkent shahar ma’muriy amaliyot mas’ul xodimi tomonidan o‘rganilgan va qoidabuzar haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 128-5 moddasi 2-qismiga ko‘ra BHMning 10 baravari miqdorida jarima belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring