Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UzAuto Motors imtiyozlar ortidan katta foyda ko‘rdi

UzAuto Motors imtiyozlar ortidan katta foyda ko‘rdi

UzAuto Motors kompaniyasi soliq-bojxona imtiyoz va preferensiyalari evaziga 2021 yilning 6 oyi davomida 1,9 trln. so‘m (177,6 mln. dollar) miqdorida foyda ko‘rgan.

Gazeta.uz xabariga ko‘ra, Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarorlariga asosan, UzAuto Motors bojxona imtiyozlaridan 1,64 trln. so‘m, qo‘shimcha qiymat solig‘i qo‘shilishidan 255,6 mlrd. so‘m, aksiz solig‘ini to‘lamaslik ortidan 356,7 mln. so‘m miqdorida foyda ko‘rgan.

Birinchi chorakning o‘zida esa xuddi shunday imtiyozlar ortidan UzAuto Motors 747,9 mlrd. so‘m: bojxona — 650,3 mlrd. so‘m, QQS — 97,2 mlrd. so‘m va aksiz solig‘i — na 356,6 mln. so‘m foyda ko‘rgan. Ikkinchi chorakda bu ko‘rsatkich 1,1 trln. so‘m: bojxona bojlari — 993,8 mlrd. so‘m, QQS — 158,4 mlrd. so‘m, aksiz solig‘i — 127,1 ming so‘m.

«Maxfiy ma’lumot»

2020 yil noyabrda UzAuto Motors kompaniyasi 8750 ta Chevrolet Equinox mashinasini yetkazib berish uchun 200 mln. dollarlik shartnoma imzolagandi. Shunda bu summa bitta Chevrolet Equinox uchun 22 845 dollardan to‘g‘ri kelgan, UzAuto Motors esa buni 33 664 dollardan sotgandi.

O‘sha paytda bir qator deputatlar Davlat bojxona qo‘mitasi va Moliya vazirligiga so‘rov yuborib, UzAuto Motors kompaniyasi va Jizzaxdagi avtomobil zavodiga berilgan imtiyozlar haqida ma’lumot so‘ragan. DBQ bunday ma’lumotlar "maxfiy" ekanini aytib, ommaga oshkor qilmaslik sharti bilan tanishish mumkinligini aytgandi.

Keyinroq Hisob palatasi "O‘zavtosanoat" mahalliy mashina ishlab chiqarishda yig‘im olinmayotganini aytib, imtiyozlarni qayta ko‘rib chiqish kerakligini ta’kidlagandi. O‘tgan yili 9 oy davomida to‘lanmagan soliqlar 582,6 mlrd. so‘m, bir yilda esa qariyb 780 mlrd. so‘mni tashkil etgandi. Bu yig‘in yuqoridagi imtiyozlarga kiradimi-yo‘qmi, bunisi noma’lum.

2021 yil yanvar-iyul oylarida UzAuto Motors 124,9 ta yengil mashina ishlab chiqargan. Bu esa o‘tgan yilgi shu davrga nisbatan 25,9 foizga, yoki 43,8 donaga kam degani. Lekin shunga qaramay, UzAuto Motors 70 foiz, ya’ni 902,6 mlrd. so‘m (84,6 mln. dollar) sof foyda ko‘rishga ulgurgan.

Avgust oyi oxirlarida prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uchrashuvda Asakadagi avtomobil zavodi avvallari mashinalarni ichki bozorga nisbatan chetga 30-40 foizga arzon eksport qilgani, endi esa Toshkent, Namangan va Jizzaxda mashina zavodlari paydo bo‘lishi ortidan UzAuto Motors faoliyatini qayta ko‘rib chiqish kerakligi aytilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring