Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uber» elektrovelosipedlar ijarasini yo‘lga qo‘ydi. Xizmatdan 30 daqiqa foydalanish 2 dollar turadi

«Uber» elektrovelosipedlar ijarasini yo‘lga qo‘ydi. Xizmatdan 30 daqiqa foydalanish 2 dollar turadi

«Uber Bike by JUMP» xizmati.

Foto: «ITC.ua»

«Uber» kompaniyasi o‘z servisi foydalanuvchilari uchun «Uber Bike» xizmatini ishga tushirdi. Mazkur xizmat orqali elektrovelosipedlarni ijaraga olish va uning yordamida belgilangan manzilga mustaqil yetib olish mumkin, deb xabar berdi «ITC.ua».

«Uber Bike by JUMP» xizmati hozircha San-Fransiskoda «pilot» rejimida ishlamoqda, u Nyu-Yorkning «Jump» startapi bilan hamkorlikda ishga tushirilgan. Velosiped sinovida qatnashish uchun ariza topshirish darkor, chunki hozirgi bosqichda mijozlarga faqatgina 250 nusxa elektrodvigatelli velosipedlar taqdim etilgan.

Velosiped buyurtmasi standart «Uber» dasturidagi «Bike» funksiyasini tanlash orqali amalga oshiriladi. Shundan so‘ng, xaritada eng yaqin masofada bo‘sh turgan velosiped ko‘rsatiladi. Foydalanuvchi mazkur dastur orqali uni bron qila oladi — ayni shu vaqtdan boshlab vaqt hisoblana boshlanadi. Faqatgina velosiped yonida mustaqil yetib olishingizga to‘g‘ri keladi.

«Jump» elektrovelosipedlarining har biriga raqamli kodda ishlaydigan U-simon qulf o‘rnatilgan. 

Velosiped ijarasi 30 daqiqa uchun 2 dollarni tashkil etadi, ortiqcha har bir daqiqa uchun yana 0,07 dollardan to‘lash kerak bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring