Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uber» bilan sodir bo‘lgan avariyadan so‘ng, «Toyota» o‘z avtomobillari sinovini to‘xtatdi

«Uber» bilan sodir bo‘lgan avariyadan so‘ng, «Toyota» o‘z avtomobillari sinovini to‘xtatdi

Foto: «NV.ua»

Yaponiyaning «Toyota» kompaniyasi «Uber»ga tegishli haydovchisiz boshqariladigan avtomobil bilan sodir bo‘lgan avariyadan keyin o‘zining avtonom mashinalarini sinovdan o‘tkazishni to‘xtatdi, deb xabar berdi «NV.ua».

«Toyota» tadqiqot instituti Arizona shtatida sodir bo‘lgan fojia borasida batafsil ma’lumotlarga ega emas. Biz birinchi navbatda halok bo‘lgan insonning oilasini o‘ylamoqdamiz. Biz noxush hodisaga nima sabab bo‘lganini yoki bunda kim aybdor ekanligini o‘ylaydigan ahvolda emasmiz», — deydi «Toyota» vakili.

AQShda 40 dan ortiq kompaniya haydovchisiz boshqariladigan avtomobillarni sinovdan o‘tkazish ruxsatiga ega bo‘lib, o‘nlab tajribalar turli shtatlarda, xususan, Kaliforniya va Michiganda amalga oshiriladi. «Mercades-Benz» va «Volvo» hozircha avariyaga izoh bermadi. Shuningdek, «Tesla» ham bu borada jim. «Ford» esa o‘zining sinov jadvalini o‘zgartirish niyatida emasligini bildirdi.

2018-yilning mart oyi o‘rtalarida «Uber» kompaniyasi o‘z texnologiyalarini boshqa kompaniyalarga taklif qilayotgani borasida mish-mishlar tarqalgan edi. Aynan «Toyota» «Uber»ning ilk mijoziga aylanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 18-mart kuni «Uber» kompaniyasiga tegishli haydovchisiz boshqariladigan avtomobil bir ayolni urib yuborgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring