Turkiya o‘zining ilk mashinasini uchirdi (video)

Istanbulning «Baykar Defense» kompaniyasi Turkiyaning ilk uchar mashinasi — «Cezeri»ni sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda «Global News» xabar berdi.
«Cezeri» hozircha prototip, dastlabki sinovda 10 metrgacha ko‘tarildi. Turklar kelgusida uchar mashinani ikki ming metr balandlikkacha ko‘tarish, tezligini 100 kilometr/soatgacha oshirishni rejalashtirishgan.
Mashina tayyor bo‘lib, bozorga chiqishigacha 10-15 yil ketadi. Navbatdagi sinovlarda «Baykar Defense» mashinani haydovchi-uchuvchi bilan sinab ko‘rmoqchi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter