Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Trailblazer»dan «Tesla»gacha: Yangisidan eskisi qimmat mashinalar (top-10)

«Trailblazer»dan «Tesla»gacha: Yangisidan eskisi qimmat mashinalar (top-10)

Mikrochiplar taqchilligi jahon avtomobillar bozorini shokka tushirdi. Bozor esa o‘sishdan to‘xtagan emas, faqat... vaziyat oydinlashish o‘rniga mavhumlikka yuz tutayotgandek. Qachonki mikrochiplar masalasi hal bo‘lmas ekan, bu «tuman» tarqamaydi.

Oqibatda odamlar minilgan (eski) mashinaga yangisiga qaraganda ko‘proq pul to‘lashga tayyor. Oradagi farq yoqani ushlatadi — AQSh bozorida yanvar oyida sotilgan 1,5 millionta yangi va eski mashinalar narxlarini solishtirgan «iSeeCars» portali shunday xulosaga keldi.

To‘plangan ma’lumotlarga ko‘ra, eski mashinalar yangisiga nisbatan (bir xil markadagi modellar) o‘rtacha 1,3 foizga qimmatlagan. Biroq ayrimlari o‘rtasidagi tafovut 30 foizdan ham oshgan.

AQSh bozorida yangisiga nisbatan qimmatroq sotilayotgan ayrim avtomobillar:

Chevrolet Corvette

  • Yangisi — $82 457
  • Eskisi — $99 102
  • Farq— 16 645 dollar (20,2 foiz)

Chevrolet Suburban

  • Yangisi — $70 454
  • Eskisi — $79 560
  • Farq— 9106 dollar (12,9 foiz)

Chevrolet Trailblazer

  • Yangisi — $27 360
  • Eskisi — $31 630
  • Farq— 4270 dollar (15,6 foiz)

Toyota CH-R

  • Yangisi — $26 510
  • Eskisi — $29 740
  • Farq— 3320 dollar (12,1 foiz)

Toyota Tacoma

  • Yangisi — $37 023
  • Eskisi — $41 553
  • Farq— 4530 dollar (12,2 foiz)

Toyota RAV4 Hybrid

  • Yangisi — $35 784
  • Eskisi — $41 082
  • Farq— 5298 dollar (14,8 foiz)

Tesla Model 3

  • Yangisi — $46 614
  • Eskisi — $54 914
  • Farq— 8030 dollar (17,8 foiz)

Mercedes-Benz G-Class

  • Yangisi — $175 916
  • Eskisi — $238 621
  • Farq— 62 705 dollar (35,6 foiz)

Kia Telluride

  • Yangisi — $45 924
  • Eskisi — $51 476
  • Farq— 5552 dollar (12,0 foiz)

Ford Bronco Sport

  • Yangisi — $35 184
  • Eskisi — $40 950
  • Farq— 5766 dollar (16,4 foiz)
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring