Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tracker va Malibu foizsiz muddatli to‘lov shartida taklif qilinmoqda

Tracker va Malibu foizsiz muddatli to‘lov shartida taklif qilinmoqda

Foto: UzAuto Motors

UzAuto Motors kompaniyasi xaridorlarga Chevrolet Malibu 1,5 hamda Tracker AT avtomobillarini muddatli to‘lov shartlari asosida uydan chiqmasdan onlayn rejimda xarid qilishni taklif qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, avtomobillarning 60 foiz summasini to‘lash imkoniyati mavjud bo‘lsa, uning qolgan summasini 1,5 yil davomida foizsiz shartlarda bo‘lib to‘lash imkoni borligi aytilmoqda.

Qayd etilishicha, kompaniyaning rasmiy dilerlariga murojaat qilinsa, ular ushbu avtomobillarni uydan chiqmasdan turib rasmiylashtirish imkoniyatini taqdim etadi.

Bundan tashqari, to‘lov amalga oshirilgach dilerlar avtomobilni uygacha yetkazib berishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring