Toyota faxriy raisi Syoichiro Toyoda 97 yoshida vafot etdi
Toyota direktorlar kengashining faxriy raisi, kompaniya asoschisining o‘g‘li Syoichiro Toyoda 97 yoshida vafot etdi. Uning o‘limiga yurak yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.
Syoichiro Toyoda ishlab chiqarishga sifat nazorati tizimini kiritganidan so‘ng uning kompaniyasi jahon avtosanoati yetakchilaridan biriga aylandi.
Konsernning eng muhim qator biznes yechimlari tashabbuskori aynan Syoichiro Toyoda. Uning taklifi asosida Lexus premial brendi yaratilgan, qolaversa, xalqona gibrid avtomobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter