Toyota avtomobiliga navbat muddati 4 yilga yetdi. Bu — «UzAuto Motors»dan 10 barobarga ko‘p
Yaqinda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida O‘zbekistonda avtomobil sanoatini rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda UzAuto Motors kompaniyasining oldindan to‘lov tizimidagi mijozlarga yangi avtomobillar yetkazib berish bo‘yicha qarzdorligi masalasiga to‘xtalib o‘tilgandi.
Darhaqiqat, 2021 yilning 20 dekabrda asosiy mahalliy avtomobil ishlab chiqaruvchisi dilerlar bilan mahsulot yetkazib berish bo‘yicha yangi shartnomalar to‘xtatilganini e’lon qilgandi. Ushbu taqiq hali ham amal qilmoqda va o‘rtacha qarzi 100 kundan ortiq bo‘lgan ilgari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha oxirgi qarzlarni to‘lashga qaratilgan. Prezidentimiz ushbu mavzuga to‘xtalar ekan, bu masalani 2022 yilning 1 mayiga qadar to‘liq yopish lozimligini qayd etdi.
Hozirda xorijiy avtogigantlarda ham kechikishlar va navbatlar borasida muammolar yuzaga kelgan. Misol uchun, Toyota konserni Land Cruiser 300 uchun to‘rt yillik navbatni tasdiqladi. Rekord kutish vaqti ishlab chiqarish rejasidan sezilarli darajada oshib ketgan modelga buyurtmalarning ko‘pligi bilan izohlanadi.
«Avtomobillarni yetkazib berish muddati to‘rt yilgacha bo‘lishi mumkin. Biz buyurtmangizni qabul qilish vaqtini qisqartirish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz va tushunganingiz uchun rahmat», — deyiladi Toyota bayonotida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter