Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘xtash chizig‘ini bosib kirganlik uchun jarima pasaytirildi

To‘xtash chizig‘ini bosib kirganlik uchun jarima pasaytirildi

Foto: «Zakon-Auto.ru»

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1284-moddasi (Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan to‘xtash chizig‘ini bosib kirishi va o‘tishi) tahrir qilindi.

Unga ko‘ra, svetoforning taqiqlovchi signalida yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida yo‘lning qatnov qismidagi yo‘l chiziqlari yoki yo‘l belgilari bilan belgilangan to‘xtash chizig‘ini bosib kirish, – eng kam ish haqining ikkidan bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan o‘tishi, – eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan o‘sha huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, –  eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan o‘sha huquqbuzarlik ma’muriy jazo ikki marta qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, – transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi».

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar to‘xtash chizig‘ini bosib kirish qoidasini buzish — svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan o‘tish bilan teng miqdorda jarimaga tortilar edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring