Toshkentning bir qator ko‘chalari vaqtincha yopiladi
Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan poytaximizda 9 iyul kuni soat 00:00dan soat 07:00ga qadar quyidagi ko‘chalarda transport vositalari harakati to‘xtatiladi:
Olmazor tumani:
«Hazrati imom» masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasining A.Qodiriy ko‘chasidan Nurafshon ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
Chilonzor tumani:
1) «Novza» masjidi oldidagi Bunyodkor 2-darajali yo‘lining Muqimiy ko‘chasidan Baynalmilal ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
2) «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» masjidi odidagi So‘galliota ko‘chasining Bunyodkor ko‘chasidan A.To‘qay ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
Shayxontohur tumani:
1) «Xo‘ja Alambardor» masjidi oldidagi Kamolon ko‘chasining Bunyodkor ko‘chasidan Kattabog‘ 6-tor ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
2) «Shayx Zayniddin» masjidi odidagi Ko‘kcha darboza ko‘chasining Nurafshon ko‘chasidan Beshqayrog‘och ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
Yunusobod tumani:
1) «Minor» masjidi oldidagi KXAY ko‘chasining Sh.Rashidov ko‘chasidan Ko‘rgazma ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
2) «Mirza Yusuf» masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasining A.Temur shoh ko‘chasidan Bodomzor yo‘li ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
Yakkasaroy tumani:
«Usmon bin Maz’un» masjidi oldidagi KXAY ko‘chasining Qushbegi ko‘chasidan Cho‘pon ota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
Yashnobod tumani:
«Islom ota» masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasining Tolimarjon ko‘chasidan A.Fitrat ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
«Shu bilan bir qatorda sharoit taqazo etganda shahrimizdagi boshqa jome masjidlari atrofidagi ko‘chalar ham qisman yopilishi mumkinligini ma’lum qilamiz», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter