Toshkentning Beshyog‘och ko‘chasida harakatlanish cheklanadi

Toshkentning Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab 17-dekabrdan 1-martga qadar harakatlanish cheklanadi.
Ushbu qaror Toshkent shahar hokimining 2018-yil 11-dekabrdagi ko‘rsatmasiga asosan qabul qilingan, deyiladi IIBB matbuot xizmatining xabarida.
Ma’lum qilinishicha, «Humo Arena» muz kompleksining qurilishi munosabati bilan barcha turdagi avtomobillarga (qurilishda ishtirok etayotgan avtomobillardan tashqari) Beshyog‘och ko‘chasining Furqat ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasiga qadar harakatlanish cheklanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter