Toshkentdagi Alisher Navoiy shoh ko‘chasi bir kunga yopiladi

2022-yil 19-mart kuni soat 21:00 dan 20 mart kuni soat 06:00 ga qadar yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan poytaxtda Alisher Navoiy shoh va Labzak ko‘chalarining quyidagi qismlari vaqtincha yopiladi:
- Navoiy shoh ko‘chasi Abay ko‘chasi chorrahasidan Sharof Rashidov shoh ko‘chasi chorrahasigacha;
- Labzak ko‘chasi Alisher Navoiy shoh ko‘chasi bilan kesishmasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan kesishmasigacha.
Ushbu vaqt oralig‘ida haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter