Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda radar o‘rnatiladigan hududlarning auksion narxlari e’lon qilindi

Toshkentda radar o‘rnatiladigan hududlarning auksion narxlari e’lon qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahrida tadbirkorlar tomonidan o‘rnatiladigan videokamera, radarlar soni hamda ularning auksiondagi boshlang‘ich narxlari belgilanmoqda. Bu haqda hukumatning tegishli qarori loyihasi e’lon qilingan.

Qaror loyihasiga ko‘ra, Toshkent shahri hududida Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalar o‘rnatiladigan joylarning minimal qiymati (boshlang‘ich narxi) chorraha va ko‘chalarda sutka davomida avtotransport vositalari qatnovining harakatlanish jadalligi (soni)ga bog‘liq.

Masalan, sutka davomida 20 mingtagacha avtotransport vositalari harakatlanadigan ko‘cha va chorrahalarga Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalar o‘rnatish huquqi auksion orqali boshlang‘ich bahosi bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 10 baravari miqdorida belgilanadi.  

 Shuningdek:

  • 20 mingtadan – 40 mingtagacha – BHMning 15 baravari;
  • 40 mingtadan – 60 mingtagacha – BHMning 20 baravari;
  • 60 mingtadan – 80 mingtagacha – BHMning 25 baravari;
  • 80 mingtadan – 100 mingtagacha – BHMning 30 baravari;
  • 100 ming va undan yuqori – BHMning 35 baravari miqdorida belgilanmoqda.

Bundan tashqari Hujjat loyihasida Toshkent shahar hududida intellektual videokameralar va statsionar radarlar o‘rnatilishi lozim bo‘lgan joylar ro‘yxati ham keltiriladi.

Mazkur ro‘yxatga ko‘ra, Toshkent shahrining 462ta manzil-hududida jami 2 417 ta videokamera va 157 ta radar tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan o‘rnatilishi belgilanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring