Toshkentda mashinalar harakati tezligi pasaytiriladi
Poytaxtda transport vositalari uchun belgilangan maksimal tezlik miqdori kamaytirilishi bo‘yicha prezident qarori chiqadi.
«Shavkat Mirziyoyev Samarqandda yangi qurilgan yer osti tonneli, yo‘llarni ko‘zdan kechira turib, xavfsiz yo‘l, xavfsiz piyoda konsepsiyasini yaratish haqida so‘zladi va shunday dedi:
— Yaqinda Toshkentda tezlik ko‘pi bilan 60 km/soatgacha belgilangani haqida qaror chiqadi», deya xabar bermoqda jurnalist Aziza Qurbonova.
Eslatib o‘tamiz, Mening Fikrim jamoaviy murojaatlari portalida shaharlarda transport vositalarining maksimal tezligini cheklash to‘g‘risida petitsiya e’lon qilingandi.
Avvalroq davlatimiz rahbari Samarqand xalqaro aeroportida yaratilayotgan sharoitlarni ko‘zdan kechirgani haqida xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter