Toshkentda ertadan boshlab shaxsiy avtomobillar harakatiga ruxsat beriladi
![Toshkentda ertadan boshlab shaxsiy avtomobillar harakatiga ruxsat beriladi](https://static.xabaruz.com/crop/5/0/720_460_95_507883913.jpg)
Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 14-maydagi qarori bilan shaxsiy avtomobillarning harakati bo‘yicha cheklovlarni 2020-yil 18-maydan boshlab bosqichma-bosqich bekor qilish ma’lum qilingandi.
Unga ko‘ra, Toshkentda ertaga, dushanba kunidan boshlab 06:00–22:00 oralig‘ida shaxsiy avtomobillar harakatiga ruxsat beriladi. Sababi ayni paytda poytaxt Toshkent shahrining barcha tumanlari «sariq» toifaga kiritilgan.
«Sariq» toifadagi hududlarda esa soat 06.00dan – 22.00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishiga ruxsat beriladi. Bunda avtotransport vositalarining salonida 4 kishidan ortiq bo‘lmasligi lozim.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter