Toshkentda ayrim yo‘llar 12 iyunga qadar yopilmoqda

Joriy yilning 10-iyun kuni soat 21:00 dan 12 iyunga qadar Toshkent shahar, Olmazor tumani, Shimoliy Olmazor ko‘chasining Kichik xalqa yo‘li bilan kesishmasidan Jomiy maydonidagi aylanma yo‘lgacha, Jomiy maydonidagi aylanma yo‘ldan Usta Shirin ko‘chasining Shiroq ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan yo‘lda ta’mirlash ishlari olib boriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Shu munosabat bilan mazkur oraliq masofa avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopiladi.
Ta’mirlash ishlari yakunlanguniga qadar haydovchilarga o‘z boshqa yo‘llardan harkatlanishlari tavsiya etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter