Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda radar o‘rnatish uchun yana 70ga yaqin hudud sotildi

Toshkentda radar o‘rnatish uchun yana 70ga yaqin hudud sotildi

Foto: «Xabar.uz»

Shu yilning 7 yanvar kuni Toshkent shahridagi elektron auksionda radar va kameralar o‘rnatishga mo‘ljallangan 69 ta hudud sotildi. Bu haqda E-auksion ma’lumotlaridan kelib chiqib Spot xabar berdi.

Hududlarning umumiy boshlang‘ich narxi 306,45 mlnni tashkil etgan bo‘lsa-da, savdodan tushgan jami tushum 20,99 mlrd so‘mga yetdi. Auksion davomida narxlarning umumiy qiymati 68,5 barobarga oshdi.

Deyarli barcha nuqtalarni uchta xaridor sotib oldi: bitta jismoniy shaxs va ikkita kompaniya — Microyol va 64-BIT. Deyarli barcha savdolar 10−11 soat davom etdi, chunki ishtirokchilar doimiy ravishda stavkalarni oshirib bordilar.

Eng ko‘p lotni 64-BIT xarid qildi (43), ilgari ham u radarlar uchun maydonlarni ommaviy ravishda sotib olgandi. Microyol esa 7 ta hududni sotib olgan bo‘lsa, jismoniy shaxs 19 ta uchastka xarid qildi.

Eng qimmat ob’yekt — Bog‘ishamol ko‘chasi bo‘ylab hayvonot bog‘i yonidagi hudud, u 750,06 mln so‘mga sotildi, bu boshlang‘ich bahodan 277,8 baravar qimmat deganidir. Buning uchun taklif 12 soat 35 daqiqa davom etdi.

Tadbirkorlarga joriy yilning 1 martidan boshlab yo‘llarga kameralar va radarlar o‘rnatishga ruxsat berildi. Yer uchastkalari onlayn auksionlar orqali taqdim etiladi.

Auksion g‘oliblari uchastkalarni boshqa tadbirkorlarga o‘tkazish huquqi bilan cheklanmagan muddatga oladi. 2021−2022 yillarda shu tarzda 3356 ta videokamera va 763 ta radar o‘rnatish rejalashtirilgan.

Estalib o‘tamiz, Toshkentda radar o‘rnatish joyi avval ham juda katta summaga sotilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring