Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Toshkent siti» yonidagi ko‘cha qisman yopiladi

«Toshkent siti» yonidagi ko‘cha qisman yopiladi

Foto: «Xabar.uz»

Shayxontohur tumanidagi Botir Zokirov (Olmazor) ko‘chasining Islom Karimov shoh ko‘chasidan Alisher Navoiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismida yo‘l ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Shu sababli, yo‘lning bir tomoni joriy yilning 20 oktyabr kuni soat 06:00 dan 22 oktyabr kuni 06:00 gacha transport harakati uchun yopiladi, har ikki yo‘nalishda harakatlanish yo‘lning ikkinchi tomonida amalga oshiriladi.

Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz, deyiladi poytaxt hokimligi xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring