Toshkent shahriga kiruvchi barcha postlar yopildi
Hukumat qaroriga muvofiq, 2020-yil 24-mart kuni soat 00.01 dan boshlab Toshkent shahriga kirish va chiqish yo‘llari yopildi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.
Poytaxtga olib kiruvchi M-39 avtomobil yo‘lining «ERKIN» DPS statsionar postining yopilishida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant P.Bobojonov va Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Jo‘rayev ishtirok etishgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahriga respublikaning barcha hududlaridan kirish va Toshkent shahridan respublikaning barcha hududlariga chiqishni har qanday transport vositalarida (avtobus, avtomobil, avia, temir yo‘l) 2020-yilning 24-mart kuni soat 00:01 dan boshlab to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qilingani xabar berilgandi.
Xo‘sh, endi Toshkent viloyatidan ishga qatnaydiganlar postlardan qanday o‘tadi? Bu savolga IIV mas’uli quyidagicha izoh bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter