Tezlik yana 70 km/soatga qayta tiklangani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
Ijtimoiy tarmoqlarda «aholidan kelib tushayotgan e’tirozlarni inobatga holda 1 maydan boshlab O‘zbekistonning barcha shaharlarida transport vositalarining ruxsat etilgan maksimal tezligi 60 km/soatdan 70 km/soatga qayta tiklandi» mazmunida xabarlar tarqaldi. Holatga rasmiy munosabat bildirildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 fevraldagi Farmoniga ko‘ra, 1 apreldan boshlab Toshkent va Nukus shaharlarida hamda viloyatlar va tumanlarning markazlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushirilishi belgilangan.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 3 apreldagi 140-son Qarori bilan Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish kiritilgan.
«Ushbu qoida hozir amalda ekanligini ma’lum qilamiz. Ijtimoiy tarmoq vakillaridan turli taxmin va mish-mishlardan iborat asoslantirilmagan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz», deyiladi rasmiy xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter