Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tezlik uchun jarima pasaytirilishi mumkin

Tezlik uchun jarima pasaytirilishi mumkin

Foto: Xabar.uz

Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasi yig‘ilishida «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi.

Ushbu qonun loyihasida ayrim huquqbuzarliklar uchun jarmalar miqdori pasaytirilgan. Ammo, loyihadagi ayrim normalar deputatlarning qizg‘in munozalariga sabab bo‘lgan.

Qayd etilishicha, tezlikni oshirgani uchun qo‘llanilayotgan jarimalar yuqori ekanligi bo‘yicha e’tirozlar bildirilgan. Shundan kelib chiqib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1283-moddasi ikkinchi qismi sanksiyasidagi (harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborishi) jarima miqdorini bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari (hozirda 5 baravar) qilib belgilash bo‘yicha taklif bildirilgan.

Shuningdek, jarimalar aholining real daromadlaridan kelib chiqib belgilanishi bo‘yicha yana bir qator takliflar kiritilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring