Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sug‘urta bo‘lmasa ham mashina jarima maydoniga qo‘yilmasligi mumkin

Sug‘urta bo‘lmasa ham mashina jarima maydoniga qo‘yilmasligi mumkin

Foto:«Xabar.uz»

Yaqinda «Mening fikrim» veb-portalida «Avtotransport vositasining sug‘urtasi yo‘qligi yoki texnik ko‘rikdan o‘tmaganligi tufayli jarima maydoniga qo‘yish amaliyotini bekor qilish haqida»gi taklif 10 000dan ortiq ovoz olgan edi.

Ushbu taklif Nizomga muvofiq Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilib, deputatlar tomonidan uni amalga oshirish maqsadida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev xabar berdi.

Qonun loyihasida transport vositalari egalarining o‘z fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilmaganligi (yoki DYHXX xodimi so‘ragan vaqtida yonida bo‘lmaganligi) uchun transport vositasini jarima maydonida majburiy ushlab turish amaliyotini bekor qilish nazarda tutilmoqda.

O‘rganishlar horijiy davlatlarda xususan Germaniya, Angliya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasi, AQShning bir qator shtatlarida fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polislari bo‘lmasa, ma’muriy jarimalar belgilangan bo‘lib, biroq transport vositasini ushlab turish ko‘rsatilmaganligini ko‘rsatmoqda.

Qonun loyihasi tez orada Qonunchilik palatasining yalpi majlisida ko‘rib chiqiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring