Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«SpaceX» ichida «Tesla» avtomobili joylashtirilgan «Falcon Heavy» raketasini uchirdi (video)

«SpaceX» ichida «Tesla» avtomobili joylashtirilgan «Falcon Heavy» raketasini uchirdi (video)

Elon Maskning «SpaceX» kompaniyasi yana bir bor koinotni zabt etdi.

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

Elon Maskning «SpaceX» kompaniyasi yana bir bor koinotni zabt etdi. «Tesla» avtomobili joylashtirilgan «Falcon Heavy» raketa tashuvchisi kosmosga uchirildi, deb xabar berdi «Hi-tech.mail.ru».

«Falcon Heavy» raketa tashuvchisi Floridada joylashgan Kennedi kosmodromidan uchirildi. Uning bortida qizil rangli «Tesla Roadster» elektromobili joylashgan kapsula mavjud. Ushbu model Elon Maskning shaxsan o‘ziga tegishli. Avtomobilni ichiga skafandr kiyib olgan maniken «boshqarmoqda», shuningdek, avtomobilda Devid Bouining «Space Oddity» qo‘shig‘i yangrayapti.

Avtomobilni ichiga skafandr kiyib olgan maniken «boshqarmoqda».

Parvoz vaqtida raketadan uchta uchirish bloki ajralib chiqadi. Final bosqichida esa «Tesla Roadster» Quyosh atrofidagi geliotsentrik orbitaga chiqishi kerak edi. Hozircha uchta blokdan ikkitasi Yerga muvaffaqiyatli qo‘nishni amalga oshirdi, uchinchisi esa okeandagi o‘zi boshqariladigan platformaga qo‘na olmadi.

«SpaceX» rekata tashuvchisining uchirilishi missiyasi orbitaga og‘ir massali yuklarni olib chiqishdagi xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan. «Falcon Heavy» 63 tonnagacha yukni tashishga qodir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring