Rossiyaning Tyumen viloyati migrantlarning taksichilik qilishini taqiqladi
Rossiyaning Tyumen viloyati ma’muriyati xorijliklarning jamoat transporti va taksi sohasida ishlashini taqiqladi.
Gubernator Aleksandr Moor imzolagan tegishli hujjat 2022-yilning 1-yanvaridan kuchga kiradi.
Hujjatga ko‘ra, 2022-yildan shahar va shahar tashqarisi bo‘ylab yo‘lovchilarni tashish; yengil taksi va yengil avtomobillarni haydovchisi bilan ijaraga berish; avtomobil yuk transporti va tashuv xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalarga xorijlik fuqarolarni ishga jalb etish taqiqlanadi.
Taqiqlov Rossiyada patent bilan ishlayotgan barcha migrantlar uchun amal qiladi. Transport korxonalariga 2022-yilning 1-martiga qadar xorijlik xodimlari sonini hujjatda belgilangan ko‘rsatkichga keltirish talabi qo‘yilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter