Rossiyaning 8 mingta qimmatbaho mashinasi Belgiyada ushlab qolindi
![Rossiyaning 8 mingta qimmatbaho mashinasi Belgiyada ushlab qolindi](https://static.xabaruz.com/crop/1/3/720_460_95_1394751624.png)
Rossiyaga jo‘natilishi mo‘ljallangan 8 mingga yaqin qimmatbaho mashina Belgiyaning Zebryugge portida ushlab qolindi, deb xabar berdi «Wall Street Journal».
Ukrainaga qarshi urush ochib sanksiyalarga tushgan Rossiyaga qimmat mashinalarni yetkazish taqiqlangan.
Bu minglab avtomobillar Osiyodan keltirilgan, Lexus, Cadillac va Mercedes singari elita modellar. Belgiyadagi port orqali mashinalar so‘nggi manzil — Rossiyaga jo‘nashi kerak edi, biroq hasham buyumlarga qo‘yilgan sanksiyalar bunga izn bermaydi, xususan, narxi 50 ming yevrodan qimmat mashinalarni Rossiyaga yetkazish taqiqlangan.
Zebryugge birinchisi (va oxirgisi) emas: juda ko‘plab Yevropa portlarida sanksiyaga tushgan Rossiyaga atalgan yuklar «muzlatilmoqda», avtomobillar — bu muztog‘ning uchi, xolos.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter