Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyadagi o‘zbeklar «GM Uzbekistan» rahbariga murojaat yo‘lladi: «Biz qachon mashina minamiz?» (video)

Rossiyadagi o‘zbeklar «GM Uzbekistan» rahbariga murojaat yo‘lladi: «Biz qachon mashina minamiz?» (video)

Foto: «YouTube»

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyada ishlayotgan o‘zbeklarning «GM Uzbekistan» rahbariga yo‘llagan videomurojaati tarqaldi.

«Biz, sizga Rossiyada ishlab yurgan o‘zbeklar nomidan murojaat qilmoqchimiz. Men zavodingiz mashinasini olaman deb necha yildan beri yig‘inaman, lekin mashinangiz narxi ko‘tarilib ketaveradi. 2017-yilning 25 mayida Damasning narxi 32 million 850 ming so‘m edi, hozir 55 million so‘m. Bir yildayam shuncha ko‘tariladimi?», — degan murojaatchi.

«Biz 10 yildan beri mashinangizdan olaylik deb, Rossiyada ishlab yuribmiz. Menga ro‘zg‘orga Damas kerak xolos, Kaptivaga o‘xshagan qimmat mashinalar kerakmas. Lekin shungayam pul yig‘ishga ulgurmayapmiz. Rossiyada shartnomangiz bormi, bu yerda mashinalaringiz narxi 5 ming dollar, biz nega o‘zimizda uni 10 ming dollarga olishimiz kerak? Biz qachon mashina minamiz?», — deya savol bergan u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring