«GM Uzbekistan»ning mijozlardan katta qarzi borligi aytilmoqda
Voronej viloyati arbitraj sudi «GM Uzbekistan» (hozirgi «UzAuto Motors») va «O‘zavtosanoat»ni sud qiladi.
Ular «UzDEUavto Voronej» kompaniyasini bankrot qilishda ayblanmoqda. «UzDEUavto Voronej» mijozlardan 22 mlrd. rubl (taxminan 3 274 000 000 000 so‘m) qarzdor ekani aytilmoqda.
Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni mashinalarga buyurtma olgan, ammo tovarni yetkazib bermagan, natijada katta qarzdorlik paydo bo‘lgan. 2017-yilda qarzdor kompaniya bankrotga uchragan.
Endi esa qarzni qoplash uchun sudga ariza bergan. Sud 2020-yil 13-aprelda bo‘lib o‘tadi, deyiladi ma’lumotda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter