Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ravon» uch turdagi avtomobili narxini oshirdi

«Ravon» uch turdagi avtomobili narxini oshirdi

Foto: «Slub.kiev.ua»

«Ravon»ning Rossiya bozorida taklif qilinayotgan to‘rt modeldagi avtomobillaridan uchtasining narxini sezilarli darajada oshirdi, deb xabar bermoqda «rg.ru» sayti.

O‘zbek brendi vakillari R2 xetchbeki (Spark) va «Nexia» sedani narxini 50 ming rublga, «Gentra»nikini 20 ming rublga qimmatlashtirgan. Faqat R4 (Cobalt) narxi o‘zgarishsiz qolgan.

Rossiya bozoridagi avtomat transmissiyali eng arzon avto sanalib kelingan «Ravon R2»ni endilikda 489 000 — 559 000 rublga sotib olish mumkin.  Shuningdek, «Nexia» 499 000 — 599 000, R4 modeli 529 000 — 659 000, «Gentra» esa 569 000 — 699 000 rublga narxlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring