Rasman. «GM Uzbekistan» «Matiz» ishlab chiqarishni to‘xtatmoqda
2018-yilning iyul oyidan e’tiboran «GM Uzbekistan» AJ ishlab chiqarish quvvatlarida «Matiz» rusumli avtomobillarni yig‘ish yakunlanadi. Bu haqda «GM Uzbekistan» matbuot xizmati «Xabar.uz»ga xabar berdi.
Ushbu qaror modellar qatorini yangilash borasidagi strategiyaga muvofiq hamda ushbu avtomobilning texnik eskirganligini inobatgan olgan holda qabul qilindi.
Shu munosabat bilan ushbu modeldagi avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarga arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘xtatildi.
«GM Uzbekistan» iste’molchilar oldida o‘zining majburiyatlari bajarilishini va avtomobillarning tuzilgan shartnomalar bo‘yicha o‘z vaqtida va to‘laligicha yetkazib berilishini ta’minlaydi.
Eslatib o‘tamiz, «Matiz» avtomobili Asaka avtomobil zavodida ishlab chiqarilishi o‘zlashtirilgan to‘rtinchi model bo‘lib, 2001-yil avgust oyidan yig‘ila boshlangan. 2004-yil dekabr oyida dvigatel hajmi 1 l. bo‘lgan «Matiz Best» hamda avtomatik uzatma qutili modifikatsiyalari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan.
«Matiz» avtomobillari kichik hajmli avtomobillar sinfiga tegishli bo‘lib, ushbu sinfdagi avtombillarga bo‘lgan ehtiyoj «Spark» avtomobillarini ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish orqali qoplanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter