Raqobat qo‘mitasi propan gaz narxi oshishini o‘rganishni boshladi
Ijtimoiy tarmoqlar orqali propan gaz narxlarining keskin oshganligi yuzasidan e’tirozlar tarqalib, jamoatchilik tomonidan muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Raqobat qo‘mitasi holatga o‘z munosabatini bildirdi.
«Raqobat qo‘mitasi yuqoridalarni inobatga olgan holda o‘z vakolatlari doirasida tovar-xom ashyo birjalari orqali realizatsiya qilinishi belgilangan suyultirilgan gaz mahsulotining qo‘yilishi va sotilishi yuzasidan tegishli o‘rganishlarni olib bormoqda.
O‘rganish yakunlari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi», deyiladi munosabatda.
Ma’lumot uchun, Raqobat qo‘mitasi o‘z funksiyalaridan kelib chiqqan holda birja savdolarida sotilayotgan yuqori likvidli mahsulotlarning realizatsiyasi holatini doimiy tahlil qilib keladi, xususan, suyultirilgan gazning narxlarini oshishi mumkinligini oldindan prognoz qilgan holda, uning narxini barqarorlashtirishni ta’minlash maqsadida tegishli choralar ko‘rish yuzasidan mas’ul regulyatorga (15.07.2024 yil) xabar yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq metan gaz narxi oshgani ham xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter