Qamchiq dovoni yopilgani bois vodiyga Tojikiston orqali avtobus qatnovi qo‘yiladi
Qamchiq dovoni hududida noqulay ob-havo sharoiti kuzatilayotgani hamda qor ko‘chishi xavfi mavjudligi bois haydovchilar va yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida, dovon bo‘ylab avtomobil vositalarining harakatlanishi vaqtinchalik to‘xtatilgani haqida xabar berilgan edi.
Qamchiq dovoni yo‘nalishidan foydalanadigan barcha yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan Farg‘ona vodiysiga buyurtma avtobus katnovi yo‘lga qo‘yildi. Mazkur yo‘nalishda «Uzautotrans service» korxonasi Yutong avtobuslarida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.
Toshkentdan yo‘lga chiqqan avtobus Andijon, Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlari bo‘ylab harakatlanadi. Avtobus Qo‘yliq dehqon bozori yaqinidan (vodiy pitak) yo‘lga chiqadi. Avtobus Tojikiston Respublikasi hududi orqali tranzit harakatlanadi. Shu sababdan yo‘lovchilar o‘z shaxsiy pasportlari bilan avtobusga chiqishlari lozim.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter