Prezident mashinasozlik sanoatiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida mashinasozlik sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar va 2022 yildagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
So‘nggi to‘rt yilda tarmoqni transformatsiya qilish boshlanib, «O‘zavtosanoat»ga xorijiy mutaxassislar olib kelingani ta’kidlandi.
Xorijiy kompaniyalar ishtirokida yangi korxonalar tashkil etish va aksiz solig‘ini bekor qilish orqali sohada raqobat muhiti yaratildi.
Natijada o‘tgan to‘rt yilda avtomobil ishlab chiqarish hajmi 1,8 barobarga, tarmoq eksporti esa 2,7 barobarga oshdi. Shuningdek, 2,6 ming turdagi butlovchi qismlarni ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.
«UzAuto Motors» «Fitch Ratings» va «Standart and Poor’s» xalqaro agentliklaridan «barqaror» kredit reytinglarini olib, xalqaro moliya bozorida 300 million dollarlik yevrobond joylashtirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter