Poytaxtda uchta avtobus yo‘nalishi qisqartirildi (xarita)
Toshkent shahrida bugun, 31 avgust kunidan boshlab 98, 2 va 87-sonli avtobuslar yo‘nalishi harakati qisqartiriladi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» AJ axborot xizmati xabar berdi.
98-sonli «Chilonzor buyum bozori – Elektrokabel zavodi» yo‘nalishi harakati Elektrokabel zavodi bekatidan Toshkent MUM bekatigacha qisqartiriladi hamda 60-sonli «Elektrokabel zavodi – Toshkent MUM» yo‘nalishida xizmat ko‘rsatuvchi Elektorbuslar soni 4 tadan 8 taga oshiriladi.
98-sonli yo‘nalish xizmatlaridan foydalanuvchi yo‘lovchilar Elektrokabel zavodi bekatigacha yetib olish uchun 24 iyul kunidan boshlab elektrobuslar asosida tashkil etilgan yangi 60-sonli «Elektrokabel zavodi – Toshkent MUM» yo‘nalishi xizmatlaridan foydalanishlari imkoniyati mavjudligi ma’lum qilingan.
2-sonli «Chilonzor 25-dahasi – Ekskavator zavodi» yo‘nalishi harakati Ekskavator zavodi bekatidan Amir Temur hiyoboni bekatigacha qisqartiriladi.
2-sonli yo‘nalish xizmatlaridan foydalanuvchi yo‘lovchilar Ekskavator zavodi bekatigacha yetib olish uchun 89-sonli avtobus yo‘nalishi xizmatlaridan foydalanishlari imkoniyati mavjudligi ma’lum qilingan.
87-sonli «Qora qamish 2/4-mavzesi – Chinni bozori» yo‘nalishi harakati Chinni bozori bekatidan Al-Xorazmiy bekatigacha qisqartiriladi.
87-sonli yo‘nalish xizmatlaridan foydalanuvchi yo‘lovchilar Chinni bozorigacha yetib olish uchun 146-sonli avtobus yo‘nalishi xizmatlaridan foydalanishlari imkoniyati mavjudligi ma’lum qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter