Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxt masjidlari imomlari haydovchilarni yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishga chorlashdi

Poytaxt masjidlari imomlari haydovchilarni yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishga chorlashdi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l harakati qoidalarini targ‘ib qilishning yanada samarali usullarini qidirib, hamkorlik uchun din vakillariga murojaat qildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB rasmiy saytiga asoslanib «Daryo.uz» xabar qildi.

IIBBning tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi va o‘tgan juma — Yo‘l harakati xavfsizligi kunida — poytaxtning barcha masjidlarida imomlar juma namoziga kelganlarni yo‘l harakati qoidalariga so‘zsiz rioya qilishga da’vat etishdi.

Avtoturargohlarga mashinalarni to‘xtatish, shu jumladan, masjidlar yonidagi to‘xtash joylaridan to‘g‘ri foydalanish, yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilariga hurmat, maxsus transport — «Tez yordam», o‘t o‘chirish mashinalarini o‘tkazib yuborish, yosh bolani tizzasiga o‘tqizib mashina haydash va boshqa masalalar haqida gapirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring