O‘zbekistonda oddiy aholi qo‘lida qancha mashina borligi aytildi
2022-yilning 1 yanvar holatiga respublikamizda jismoniy shaxslarga tegishli jami yengil avtomobillar soni 3 051 734 tani tashkil etmoqda.
Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 284 608 taga oshgan.
O‘zbekiston Respublikasida har 1000 nafar doimiy aholiga o‘rtacha 87 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter