O‘zbekistonda Malibu-Turbo avtomobili namoyish qilindi
27-oktabr kuni Toshkent viloyati Piskent tumanida joylashgan avtopoligonda «GM Uzbekistan» AJda modellar qatorini yangilash borasidagi global strategiyaga muvofiq ishlab chiqarilayotgan turbodvigatelli «Malibu» avtomobilining yangi avlodi namoyish qilindi va test-drayvdan o‘tkazildi.
Test-drayv ishtirokchilari avtomobilning barcha afzalliklarini ko‘rib chiqish imkoniga ega bo‘lishdi.
Jahon tendensiyalari
Ayni damda deyarli barcha avtomobil ishlab chiqaruvchilar turbopuflagichli dvigatellarga bosqichma-bosqich o‘tmoqda. Avtomobil uskunalari sohaqida o‘zining ishlanmalari bilan mashhur bo‘lgan yirik Amerika korporatsiyasi Honeywell International, Inc. Prognozlariga ko‘ra 2021 yilga borib dunyodagi barcha avtomobillarning 48% turbodvigatel bilan jihozlangan bo‘ladi.
«Malibu Turbo»ning yuqori quvvati va tezlik olishi
«Biz birinchi galda avtomobilning yuqori quvvatiga e’tibor qaratmoqchimiz. 2,5 l. atmosfera dvigateli bilan jihozlangan «Malibu» avtomobilining xarakteristikalari bilan taqqoslaganda turbodvigatelli avtomobil huddi shunday yoqilg‘i sarfida quvvatining 253 l.s. quvvati oshishi bilan farqlanadi. Taqqoslash uchun aytish mumkinki, 2,5 l. hajmli atmosfera dvigatelida bu ko‘rsatkich 186 l.s quvvatni tashkil qiladi. Turbodvigatelli avtomobilning 100 km/sgacha tezlik dvigatelning kichik hajmiga qaramay 1,7 sekundga tezroq», deyiladi xabarda.
Juda past yoqilg‘i sarfi
Ko‘pchilik turbodvigatelli avtomobil juda ko‘p yoqilg‘i iste’mol qiladi deb o‘ylaydi. Ammo farq u qadar katta emas. Avtomobil turbinasi ko‘proq yoqilg‘i yuborish imkonini beradi, ammo shu bilan birga tejamkorlikni ta’minlaydi. Qanday qilib deysizmi? Gap shundaki, turbomotorning ish hajmi kamroq va yengilroq. Ushbu modelning yoqilg‘i sarfi aralash siklda 100 km.ga 8,5 l.ni tashkil qiladi.
«Lyuks» klassdagi avtomobil
«Malibu Turbo» avtomobili «Lyuks» klassdagi avtomobillarning vakili bo‘lib o‘zbek avtomobilsozligida «Lyuks» darajadagi sedanlarning yangi davrini boshlab beradi. U yuqori darajadagi qulaylikka ega avtomobil sanaladi.
Mazkur avtomobil dvigatelning yuqoritexnologik uzoli bo‘lgani sababli unga ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya etilgan sifatli moy mahsulotlarini qo‘llash lozim. Mazkur avtomobil uchun tavsif qilingan yoqilg‘i – AI-95.
Turbodvigatel – kuchli, tejamkor va ekologik zararsiz
Agarda «Turbomotor — olish kerakmi yoki yo‘q?» degan savolga javob beradigan bo‘lsak, agar siz yangi avtomobil xarid qilayotgan bo‘lsangiz — hech ikkilanmay oling. Turbodvigatel, yuqorida qayd etganimzdek, kuchli, tejamkor, shu sababli undan to‘g‘ri foydalanilsa, u sizga uzoq vaqt xizmat qiladi hamda sizga “Lyuks” klassidagi avtomobilni boshqarishda juda ham ko‘p yoqimli onlarni hadya qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter