Metro va avtobuslarda yo‘l haqini «aqlli» texnologiyalar orqali to‘lash imkoniyati namoyish qilindi (foto+video)
![Metro va avtobuslarda yo‘l haqini «aqlli» texnologiyalar orqali to‘lash imkoniyati namoyish qilindi (foto+video)](https://static.xabaruz.com/crop/2/0/720_460_95_2019120925.jpg)
Mamlakatimizda rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribalarini inobatga olgan holda milliy qurilma dasturiy kompleksining ikkinchi avlodi ishlab chiqarildi.
Mazkur kompleksning qurilma va dasturiy ta’minot qismi to‘liq mahalliy mutaxassislar — «Mikroelektronika Plyus» MChJ tomonidan loyihalashtirilgan hamda O‘zbekistonda ishlab chiqilgan.
Yangi avlod to‘lov tizimida 4 xil turdagi — NFC to‘lov kartasi, NFC interfeysli smartfon va «aqlli» soat hamda QR-kod orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, yaqinda ushbu «aqlli» to‘lov tizimidan foydalanishni yo‘lga qo‘yish uchun «Bodomzor» metro bekatida metropoliten turniketlari modernizatsiyalashtirilgan.
Shuningdek, Toshkentdagi ayrim avtobus yo‘nalishlarida ushbu elektron to‘lov tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda.
Mazkur loyiha haqida videolavha ham tayyorlandi:
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter