Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda bir haftada 33 ta chiroyli raqam sotildi

O‘zbekistonda bir haftada 33 ta chiroyli raqam sotildi

Toshkent shahrida savdoga qo‘yilgan chiroyli avtoraqamlar.

Foto: «Nuz.uz»

Chiroyli avtoraqamlar O‘zbekiston g‘aznasiga qancha daromad keltirgani ma’lum qilindi. O‘zbekiston tovar xomashyo birjasi maxsus axborot portalida ma’lum qilinishicha, 2018-yil 5-martdan 11-martigacha bo‘lgan davr mobaynida birjaning onlayn auksionlari orqali 33 ta avtomobil raqam belgilari sotilgan.

Xabarda chiroyli raqamlarning 28 tasi jismoniy shaxslarga, 5 tasi esa yuridik shaxslarga sotilgani aytiladi. Ularning savdosidan davlat g‘aznasiga jami 409 million so‘mni tushgan.

Avval xabar berganimizdek, eng ko‘p chiroyli raqam Toshkent va Toshkent viloyatida sotilgan. Jami tuzilgan bitimlar 33 foizi mazkur hudud hissasiga to‘g‘ri keladi. Sotilgan chiroyli raqamlarning 18 foizi Farg‘ona viloyatiga tegishlidir. Andijon va Samarqand viloyati xaridorlari 15 foizdan shartnomalarni rasmiylashtirgan. Qolgan viloyatlarning birgalikdagi ulushi 19 foizni tashkil etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring