«O‘zavtosanoat», «O‘zbekneftgaz», «Uzbekistan Airways» kabi yirik korxonalar imtiyoz va preferensiyalardan mahrum etilishi mumkin
«Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida» Prezident Farmoni qabul qilingani haqida xabar berilgandi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri boshchiligida tuzilgan ishchi guruhlari tomonidan 3 mingga yaqin davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyati to‘liq o‘rganilganligi va iqtisodiyotda davlat ishtirokidagi korxonalarning ulushini keskin qisqartirish va ularning faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilganligi ma’lum qilindi.
Hujjat bilan transformatsiya qilinadigan yirik davlat korxonalari va xo‘jalik birlashmalari ro‘yxati tasdiqlandi.
Ro‘yxatdan «O‘zbekneftgaz», «O‘ztransgaz», «O‘zkimyosanoat», «O‘zdonmahsulot», «O‘zavtosanoat», «O‘zbekiston temir yo‘llari», «Uzbekistan Airways» va boshqa yirik korxonalar o‘rin olgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Davlat aktivlari agentligiga 2020 yil 1 dekabrga qadar raqobat muhitiga ta’sir qiladigan imtiyoz va preferensiyalarni xatlovdan o‘tkazib, ularni bekor qilish bo‘yicha qaror loyihasini O‘zbekiston prezidenti administratsiyasiga kiritish topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter