«Mitsubishi» o‘z avtomobili uchun piyodalarni, mototsikllar va yuk mashinalarni farqlay oladigan intellektual kamera yaratdi
Yaponiyaning «Mitsubishi» kompaniyasi yangi avlod avtomobillarida foydalanishga mo‘ljallangan yuqori sifatli kamerani yaratishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar berdi «ITC.ua».
Ta’kidlash joizki, 2015-yilda AQSh, 2016-yilda esa Yevropa va Osiyo davlatlarining avtomobil yo‘llarida orqani ko‘rishga mo‘ljallangan klassik oynaning o‘rniga kamera va displeylardan foydalanishga ruxsat berilgan. Biroq «Mitsubishi»ning ixtirosi o‘zidan avvalgi texnologiyalardan farq qiladi.
Ixtirochilarning so‘zlariga ko‘ra, «Maisart AI» sun’iy intellektidan foydalanilgan holda yaratilgan tizim mustaqil ravishda turli to‘siqlarni va yo‘l harakati ishtirokchilarini, jumladan, piyodalar va mototsikllardan tortib, yengil hamda yuk tashuvchi avtomobillarga qadar farqlay oladi. U yo‘ldagi ob’yektlar haqida displey orqali haydovchiga ma’lumot yuborish bilan birga 30—100 metr uzoqlikdagi ob’yektlarni taniydi. Tanish aniqligi esa 14—81 foizga teng.
«Mitsubishi» kompaniyasidagilarning ta’kidlashicha, birinchi «yon oynasiz» avtomobillar Yaponiya yo‘llarida keyingi yildan paydo bo‘ladi. «Quloqsiz» avtomobillar uning aerodinamikasini yaxshilashga, bu esa, o‘z navbatida, yoqilg‘i sarfining kamayishiga olib keladi. Shuningdek, u yo‘llar holatini keng burchak ostida ko‘rishni taqdim etgani sabab, transport hodisalarining oldini olishda ham xizmat qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter