«Metan zapravka»larga kiritilgan cheklovlar yumshatildi
Bugundan «metan zapravka»lar reja-grafik asosida ish faoliyatini davom ettiradi.
«Hududgazta’minot» xabariga ko‘ra, 15 dekabrdan Toshkent shahri, Samarqand, Andijon, Namangan, Farg‘ona va Toshkent viloyatlaridagi AGTKShlar faoliyatiga kiritilgan qo‘shimcha cheklovlar yumshatildi va ular mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida ish faoliyatini davom ettiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Energetika vazirligi hamda «Hududgazta’minot» AJ O‘zbekistonda barcha metan zapravkalariga cheklov kiritilishini ma’lum qilgandi. Unga ko‘ra, dastlab metan zapravkalari soat 6:00 dan soat 15:00 ga qadar ishlashi belgilangan bo‘lsa, keyinroq ularning ishi 12:00 gacha qisqartirildi. Qolaversa, so‘nggi kunlarda mamlakatdagi AGTKShlarning teng yarimi umuman ishlamayotgani ma’lum bo‘lgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter