Mast haydovchilar. Bir haftada 1 ming 420 kishi ushlandi
O‘tgan haftada respublikamiz avtomobil yo‘llarida jami 160 yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Ularda 155 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgan, deb xabar bermoqda «O‘zA».
Hafta davomida yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan jami 81 ming 261 qoidabuzarlik aniqlangan. Bu qoidabuzarliklarning 38 ming 313 tasini qo‘pol qoidabuzarlik tashkil etadi. Jumladan, 1 ming 420 nafar haydovchi transport vositasini mast holda boshqargan, 12 ming 356 nafar haydovchi belgilangan tezlik talablarini buzgan, 925 nafar haydovchi svetofor va chorrahalardan o‘tish qoidasiga amal qilmagan.
Shuningdek, transport vositasining oynalarini me’yoridan ortiqcha qoraytirgan 567, harakat vaqtida telefondan foydalangan 885, xavfsizlik kamarlarini taqmasdan harakatlangan 15 ming 86, odam tashish qoidasiga amal qilmagan 11 ming 533 nafar haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter