Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mashinalariga eng sifatli motor o‘rnatuvchi avtomobil kompaniyalari reytingi tuzildi (top-10)

Mashinalariga eng sifatli motor o‘rnatuvchi avtomobil kompaniyalari reytingi tuzildi (top-10)

Foto: «Mitsubishicars.com»

«CarMD» (AQSh) mutaxassislari o‘z mashinalariga eng sifatli motor o‘rnatuvchi avtomobilsozlik kompaniyalari reytingini tuzishdi (top-10)

Kompaniya 1996-yildan 2020-yilgacha ishlab chiqarilgan 15,5 millionta avtomobil haqida to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qildi. Xususan, motorning nosozligidan va tekshirish kerakligidan darak beruvchi indikatorlar qanchalik ko‘p ishga tushgani (2019-yil 1-oktyabridan 2020-yil 30-sentyabrigacha davr) hisobga olingan.

Demak, «CarMD» talqini bo‘yicha yaponlar va nemislar peshqadam: birinchi o‘rinda — «Mitsubishi», ikkinchi — «Mercedes-Benz», uchinchi — «Volkswagen».

To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarda «Buick» va «Ford» avtomobillari.

Top-10ga, shuningdek, «Mazda», «BMW», «GMC», «Subaru» va «Cadillac» avtomobillari kiritilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring