Marhumga nisbatan yozilgan jarima bekor qilindi — YHXBB
Joriy yilning 23-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqda «fuqaroning o‘limiga 3 yildan oshgan bo‘lsada, unga jarima belgilangani» xabari tarqalgandi. IIV YHXBB axborot xizmati holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 29-iyun kuni Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani hududida haydovchi, 1954-yilda tug‘ilgan Jalolov Sobirjon o‘ziga tegishli bo‘lgan, «Matiz» rusumli avtomobilda yo‘l harakati qoidalarining 9-bandida belgilangan talabni buzgan holda, xavfsizlik kamarini taqmasdan harakatlangan. Haydovchi tuman IIB YHXB YPX xodimi S.Abdunabiyev tomonidan to‘xtatilgan va unga nisbatan qoidabuzarligi yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Tuman IIB YHXB ma’muriy amaliyot xodimi tomonidan fuqaro S.Jalolovga nisbatan tuzilgan bayonnoma KAAT markazlashgan dasturiga kiritilishi vaqtida ushbu fuqaro bilan ism-familiyasi va tug‘ilgan yili bir xil bo‘lgan, Samarqand viloyatida yashagan, 1954-yilda tug‘ilgan Jalolov Sobirjonning ro‘yxatda turgan manzili bo‘yicha jazo qo‘llash to‘g‘risidagi jarima qarori chiqarilgan.
«Samarqand viloyatida ro‘yxatda turgan, 1954-yilda tug‘ilgan S.Jalolovga nisbatan chiqarilgan qaror belgilangan tartibda bekor qilinganligini ma’lum qilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun uzr so‘raymiz», deyiladi IIV YHXBB xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter