Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mahalliylashtirish shaxslarda: avtosanoat «ko‘zlari» yoki milliy mashinalarimiz uchun chiroqlar qayerda ishlab chiqariladi?

Mahalliylashtirish shaxslarda: avtosanoat «ko‘zlari» yoki milliy mashinalarimiz uchun chiroqlar qayerda ishlab chiqariladi?

Demak, milliy avtosanoat «ko‘zlari» qayerda ishlab chiqariladi? Bu savolga javobni Namangandagi Markaziy Osiyoda muqobili bo‘lmagan yagona turdagi ishlab chiqarish korxonasida bo‘lgan jurnalist va blogerlar olishdi. Bu avtomobil faralari va chiroqlarini ishlab chiqaruvchi «UzChasys» OAJ o‘zbek-koreya qo‘shma korxonasidir.

U yerda ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi nafaqat UzAuto Motors talablarini qondirishga, balki GM-Brasil va bir qator boshqa avto ishlab chiqaruvchilar buyurtmalari asosida eksportga yuborishga ham yetarli. Faqat o‘tgan yilning o‘zida korxona 8,5 mln dollarlik mahsulotini eksort qildi va bu daromadning uchdan bir qismini tashkil etadi.

«Bu qutilarda «AVTOVAZ» nazorat paketi egasi Renault Group uchun eksport qilinadigan tayyor mahsulot bor. U O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan faralarni Lada Vesta, Niva va Granta kabi avtomobil modellari uchun ishlatadi. Agar siz Lada Grantani ko‘rsangiz, bilingki, unga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan faralar o‘rnatilgan.

Zavodning asosiy mijozlari – «UzAuto Motors» AJ, «Avtovaz» AJ va «PSMA Rus» (Rossiyadagi «Peugeot Citroen Automotive» zavodi).

Bizning raqobatdagi asosiy ustunligimiz bu nafaqat faralrimizning yuqori sifati, balki o‘z vaqtida muntazam yetkazib berilishi hamdir (Just-In-Time Delivery), shuningdek, jozibali narxlar. Shu tufayli biz Rossiya bozoridan yirik nemis, fransuz va italyan yetkazib beruvchilarni siqib chiqaryapmiz», — deydi «UzChasys» OAJ QK bosh direktori Rustam Kodirov.

- Zavodda Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi va Andijondagi «UzKo Dji»da ishlab chiqarilgan mahalliy hamda Yevropa, Yaponiya, Koreyadan (Phillips, Osram, Dow, Bosch, Bayer, Sumitomo, LG Chemicals va b.) import qilingan xomashyo va butlovchi qismlardan foydalaniladi.

- Kompaniyaning faxrlanadigan alohida jihati - MDH hududidagi yagona «Meiki» yuqori texnologik yapon termoplastavtomati bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida yagona konstruksiya ko‘rinishidagi fara linzasini 3 xil rangda (masalan, oq, qizil va olovrang) quya oladi. Ta’kidlash kerakki, bu turdagi linzalarga o‘sib borayotgan talabni hisobga olib, joriy yilning yozida Avstriyaning «Engel» firmasidan yana ikkita shunday termoplastavomat o‘rnatish rejalashtirilgan.

Korxonada faralarni ishlab chiqarish jarayoni mayda detallargacha o‘ylab chiqilgan.

Butun ishlab chiqarish zanjiri 4 asosiy liniyadan iborat: quyish, bo‘yoq, yig‘uv va qadoqlash.

Quyish liniyasida 19 termoplastavtomat liniyasi ishga tushirilgan. Joriy yil so‘ngiga qadar ularning soni deyarli ikki barobar oshadi.

Buyoq liniyasida hozir 4ta bo‘yoq va alyuminlashtirish stansiyasi bor, yil oxiriga qadar esa ular soni 6taga yetadi. Aynan mana shu liniyada har bir qism yaxshilab tozalanadi, liniyaga qo‘yiladi, keyin esa robot uni lak bilan qoplaydi. Bu fara linzalariga mustahkamlik, tirnalishlarga chidamlilik berish va boshqa ishlab chiqaruvchilarning faralarida ko‘pincha kuzatiladigan «sarg‘ayish»ga yo‘l qo‘ymaslik uchun qilinadi. Sifat tekshiruvidan so‘ng faralar quritish kamerasiga jo‘natiladi.

Yakunlovchi bosqich yig‘uv liniyasida amalga oshiriladi, u yerda barcha ishlab chiqarilgan plastik detallar, linzalar, jgutlar, lampalar va yoritkichlar yaxlit holda yig‘iladi, shuningdek, oxirgi sinovdan o‘tkazish jarayonlari o‘tkaziladi. Keyin esa qadoqlash va avtozavod konveyeriga yetkazib berish boshlanadi.

Biroq ishlab chiqarish – bu hali qurilma va hatto odam ham emas. Bu birinchi navbatda, tizim, jarayonlar va standartlardir.

Korxonada ISO, IDIADA, IATF xalqaro standartlari joriy etilgan. Umuman, bu yerda xalqaro avto ishlab chiqaruvchilar tomonidan talab etiladigan barcha jarayon va standartlar joriy qilingan.

Har bir avto ishlab chiqaruvchiga, u General Motors, Toyota, Volkswagen, Renault yoki Peugeot bo‘lishidan qat’iy nazar, nafaqat yetkazib berilayotgan mahsulot sifati, balki korxonada joriy etilgan jarayon va standartlar ham muhim. Talablardan biri bu «Failure Tracking» tizimi – bu tizim biror nosozlik yoki nomutanosiblikni aniqlash emas, balki u qayerda, aynan qaysi qismda va kim tomonidan yo‘l qo‘yilganini bilish imkonini beradi. Bu tizim nosozlik yoki xatoliklar yuzaga kelishining dastlabki sabablari («root-cause»)ni aniqlashdan tashqari, oqibatlar emas, aynan sabablarni bartaraf etishga yordam beradi.

Bizning zavodda universal qoida mavjud – agar muammo yuzaga kelsa, muammo odamlar yoki mashinalarda emas, tizimda bo‘ladi va dastlabki sababalarni aynan undan qidirish kerak.

Aynan shuning uchun, avto ishlab chiqaruvchilar «PPM» (Parts Per Million – yillik 1 mln birlik mahsulotga to‘g‘ri keladigan nosozlik soni) indikatoridan foydalaniladi, u 25 donadan oshmasligi kerak. Aniqlangan nosozliklar har qanday holatda tashlab yuborilmaydi, balki qayta ishlashga yuboriladi.

Har kuni korxona 8 mingga yaqin fara va chiroqlarni ishlab chiqaradi – bu o‘rtacha 2 mingta avtomobil degani. Har bir fara – bu taxminan 150-180ta detal.

Darvoqe, faralar uchun xomashyo avtomobil ekspluatatsiya qilinadigan mamlakatning iqlim o‘ziga xosliklaridan kelib chiqib tanlanadi. O‘zbekiston uchun, masalan, 50 darajadan yuqori issiqlikka bardoshli plastik zarur, Rossiya uchun esa, aksincha, kuchli sovuqdan yorilmaydigan plastik kerak bo‘ladi.

- Ayni paytda biz Chevrolet Onix va Chevrolet Tracker uchun faralarni mahalliylashtirish ustida ishlayapmiz,— ta’kidladi Rustam Kodirov. —Bu 43 turdagi tashqi chiroq (old va orqa), shuningdek, 10 turdagi salon yoritish qurilmasi – Chevrolet Tracker’da, masalan, o‘rnatilgan yoritgich mavjud.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring